Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi Sina qishlog‘iga “Turizm qishlog‘i” maqomi berildi, deya xabar berdi viloyat hokimligi matbuot xizmati.
Tadbir ishtirokchilari tog‘lar qo‘ynidagi Sina, Ushor, Sunbula kabi qishloqlar aholisining hayoti bilan tanishdi.
"Sirli baliq ko‘li, maftunkor “Sunbulai zor” tabiat mo‘jizasi, Qiz qo‘rg‘on arxeologik yodgorligi, Xo‘jai Hisor ziyoratgohi kabi sayyohlik maskanlari, oilaviy mehmon uylari, hududning milliy hunarmandchiligi haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldi", — deyiladi xabarda.
Xorijiy va mahalliy sayyohlarga non, patir va somsaning 20 dan ziyod turi hamda tandir kabob, go‘jali osh va boshqa taomlarni tayyorlash sirlari namoyish etildi. Shuningdek, milliy o‘yinlar, sport musobaqalari ham o‘tkazildi.
Ma’lumot uchun, bunday maqomga ega bo‘lgan hududda ravon yo‘llar barpo etilib, obodonlashtiriladi. Elektr energiyasi, gaz, suv ta’minoti, oqava suv tizimi yaxshilanadi. Mobil aloqa va internet tarmog‘i sifatini oshirish uchun bazaviy stansiyalar o‘rnatiladi. Qishloq odamlari uchun yangi ish o‘rinlari va sayyohlar uchun qulay sharoitlar yaratiladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ikki tumanning hokim yordamchilari qo‘lga tushdi
Xitoyda markazida bog‘ bo‘lgan 270 metrli osmono‘par bino quriladi