Prezident v. b. Shavkat Mirziyoyev Samarqandda tramvay qatnovini yo‘lga qo‘yish taklifini ilgari surdi.
Samarqandda shahar tramvayi qatnashni boshlaydi. O‘zbekiston Prezidenti v. b. Shavkat Mirziyoyev shaharga tashrifi chog‘ida mazkur taklifni ilgari surdi.
«Mazkur tashabbus shaharliklarni quvontirdi, — xabar qildi „O‘zbekiston“ telekanalining „Axborot“ dasturi, deb xabar beradi "gazeta.uz". Ekologik jihatdan toza, shahar aholisi uchun qulay transport.».
Tramvay qatnovi Siyob bozoridan Sartepa hududiga bo‘lgan oraliqda yo‘lga qo‘yiladi. Prezident v. b. aholi manfaatlarini hisobga olgan holda yaqin vaqtlar ichida yo‘nalishlar loyihasini ishlab chiqishni tavsiya qildi.
Yo‘l Navro‘z bayramiga qadar (21 mart) foydalanishga topshirilishi lozim.
Eslatib o‘tamiz, Samarqandda 1947 yildan 1973 yilgacha tramvay tarmog‘i faoliyat ko‘rsatgan.
May oyi avvalida O‘zbekiston poytaxtida so‘nggi tramvay yo‘nalishi yopilgan edi. Mart oyi oxirida tramvay harakati to‘xtatilishi to‘g‘risida e’lon qilindi. O‘shanda poytaxtda 6 ta yo‘nalish faoliyat ko‘rsatayotgan edi. Hukumat yo‘lovchi tashish hajmining kamligi, tarmoqlarning eskirgani va avtomobillar soni ortgani munosabati bilan yo‘llarni kengaytirish zaruriyati yuzaga kelgani sababli tramvay faoliyatining to‘xtatilishini ma’lum qildi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi