Foto: Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda o‘qituvchi o‘quvchini urgani tasvirlangan video tarqaldi.
Mazkur holat Bolalar ombudsmani tomonidan o‘rganilganda holat Toshkent shahridagi litseylardan birida 2024 yil 16 may kuni sodir bo‘lgani aniqlangan.
Ma’lum bo‘lishicha, Chilonzor tumanidagi Tabiiy va aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan Respublika akademik litseyida 17 yoshli o‘quvchi J.M. fanga tayyorgarlik ko‘rmagan.
O‘qituvchi M.A. bir necha bor ogohlantirsa-da, bola tartibga kelmagan. Shundan so‘ng o‘rtada o‘zaro kelishmovchilik kelib chiqib, o‘qituvchi o‘quvchining yuz qismiga qo‘li bilan qattiq urgan.
Qayd etilishicha, hozirda holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Bolalar ombudsmani bu borada qo‘shimcha axborot berilishini ma’lum qildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ikki tumanning hokim yordamchilari qo‘lga tushdi
Xitoyda markazida bog‘ bo‘lgan 270 metrli osmono‘par bino quriladi