O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi munosabati bilan «Toshkent-Buxoro-Toshkent» yo‘nalishida yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, mazkur dizel poyezdi «Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi» AJ va «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ shartnomasi asosida qurilgan bo‘lib, tarkibi 12 ta vagondan iborat, bundan 2 ta VIP, 4 ta biznes (biznes-klass o‘rindiqlari yo‘nalish bo‘yicha o‘zgaradi), 4 ta ekonom, 1 ta restoran va 1 ta dizel vagonlari bor.
«Hozirda poyezd mazkur yo‘nalishda sinovdan o‘tkazish jarayonida.
Poyezd harakat vaqti 6 soatdan iborat bo‘lib, 592 km masofani bosib o‘tadi. Yangi dizel poyezdi sinovi yakunlangach, yaqin kunlarda yo‘lovchilarga foydalanish uchun topshiriladi», – deyiladi rasmiy xabarda.
Qo‘shimcha qilinishicha, vagonlarga o‘rnatilgan sovutish tizimi boshqa vagonlardan farqli ravishda ular to‘xtab turganda ham ishlashda davom etadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»