12:47 / 20.11.2024
15

Prezident xalqning talab va ehtiyojlari tobora o‘sib borayotgan sohalarni ma’lum qildi

Prezident xalqning talab va ehtiyojlari tobora o‘sib borayotgan sohalarni ma’lum qildi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisi bo‘lib o‘tyapti.

Prezident jahon miqyosida hukm surayotgan bugungi o‘ta keskin va og‘ir sharoitda yurtda tinchlik va hamjihatlikni saqlab, iqtisodiyotimizda barqaror o‘sishni ta’minlab, mana shunday marralarga erishish oson bo‘lmaganini ta’kidladi.

Kelgusi 5 yilda aholi soni 40 milliondan ortishi kutilmoqda. Bunday demografik o‘sish, albatta, katta imkoniyat, lekin, shu bilan birga bu holat oldimizga yangi-yangi, o‘tkir vazifalarni qo‘yishi ham shubhasiz.

Ayniqsa, kambag‘allikni qisqartirish, ekologiya, energetika, transport, yo‘l, ichimlik suvi ta’minoti, aholini uy-joy bilan ta’minlash kabi muhim sohalarda xalqning talab va ehtiyojlari tobora o‘sib borayotgani ta’kidlandi.

Shunday dolzarb muammolarga samarali yechimlar topib, yangicha faoliyat olib borish hukumat uchun jiddiy sinov bo‘lishi tabiiy.

Bugun bosh vazir lavozimiga tavsiya etiladigan nomzod ana shu masalalarning barchasini hisobga olib, ularning ijrosini ta’minlash yuzasidan o‘z dasturini taqdim etishi kerakligi qayd etildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident xalqning talab va ehtiyojlari tobora o‘sib borayotgan sohalarni ma’lum qildi