Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan davlatimiz iqtisodiyoti rivojlanishining asosiy bug‘ini bo‘lgan tadbirkorlik subyektlarining buzilgan huquqlarini tiklash ishlari muntazam ravishda olib borilmoqda. Bunda tadbirkorlik subyektlari foydasiga undirilishi lozim bo‘lgan qarzdorliklar majburiy ijro etish choralarini qo‘llagan holda amalga oshiriladi.
Masalan, Chimboy tumanlararo iqtisodiy sudining 02.04.2024-yildagi ijro hujjatiga asosan javobgar “QARAQALPAQSTAN AGRO KLASTER” MCHJdan da’vogar “EXPO KOLLOR PRIN TEKS” MCHJ foydasiga jami 611,2 mln. so‘m undirish belgilangan.
Da’vogar “EXPO KOLLOR PRIN TEKS” MCHJ ushbu ijro hujjatini qonunchilikga ko‘ra dastlab qarzdorga xizmat ko‘rsatuvchi bankga topshirgan bo‘lsada, ijro hujjati ijrosi ta’minlanmagan.
Shunda u ijro hujjati ijrosini ta’minlab berishni so‘rab, Majburiy ijro byurosi Taxtako‘pir tuman bo‘limiga murojaat qilgan va bo‘lim xodimlari tomonidan ijro harakatlariga kirishilgan.
Jumladan, bo‘lim xodimlari tomonidan qarzdor “QARAQALPAQSTAN AGRO KLASTER” MCHJning asosiy bank hisob raqami xatlovga olinib, unga elektron inkasso qo‘yilgan, shuningdek qarzdorga tegishli jami 20 ta avtotransport vositalariga taqiq o‘rnatilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi