20:21 / 22.11.2024
9

Olmaliq shahri va Yangiyo‘l tumanida qonunbuzarlar jinoyat ustida qo‘lga olindi

Olmaliq shahri va Yangiyo‘l tumanida qonunbuzarlar jinoyat ustida qo‘lga olindi
Olmaliq shahri va Yangiyo‘l tumanida qonunbuzilish holatlari aniqlandi. Jumladan, “Toshkent viloyati suv ta’minoti” AJ Abonentlar boshqarmasi mutaxassisi X.A. Olmaliq shahrida joylashgan oilaviy poliklinikadagi suv hisoblagich uskunasining tamg‘asi buzilganligi holati bo‘yicha tuzilgan dalolatnomani va qayta hisoblangan 204 mln so‘m zararni o‘z hamkasbi orqali bartaraf qilib berishni va’da qilgan.

Buning evaziga 1600 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Shuningdek, ushbu ishga aloqador bo‘lgan AJ Abonentlar boshqarmasining yana bir mutaxassisi A.A. o‘z xizmati uchun ushbu pul mablag‘idan 1300 dollarni olgan vaqtida ushlandi.

Bundan tashqari, Yangiyo‘l tumanida yashovchi muqaddam firibgarlik bilan bog‘liq sodir etgan jinoyati uchun hozirda axloq tuzatish ishlari jazosini o‘tayotgan 1983 yilda tug‘ilgan A.S. ham qo‘lga olindi.

U 2021 yilning iyun oyida onlayn-auksion orqali o‘ziga va 6 nafar qarindoshiga dehqonchilik yo‘nalishida foydalanish uchun 49 yil muddatga ijaraga berilgan 2,7 gektar yer maydonini 1979-y.t. I.K. bilan til biriktirib, mansabdor tanishlari orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib berishni va’da qilgan.

Buning evaziga 40 ming dollar talab qilib, oldindan 5 ming dollar olgan vaqtlarida ushlandi. Hozirda har ikkala holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Olmaliq shahri va Yangiyo‘l tumanida qonunbuzarlar jinoyat ustida qo‘lga olindi