Shavkat Mirziyoyev 22 noyabr kuni iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchi Suma Chakrabarti bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, uchrashuvda «O‘zbekiston – 2030» strategiyasini joriy yilgi davlat dasturi doirasida amalga oshirishning holati hamda kelgusi yilda islohotlarni yanada ilgari surish istiqbollari ko‘rib chiqilgan.
Shuningdek, davlat boshqaruvida kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.
«Uchrashuvda O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayoni doirasidagi keyingi qadamlar muhokama qilindi. Milliy qonunchilikni JST qoidalari va talablari bilan uyg‘unlashtirishni jadallashtirish, shuningdek, mamlakatning global reytinglardagi o‘rnini yaxshilash bo‘yicha ishlarni davom ettirish zarurligi qayd etildi.
Prezident rejalashtirilgan barcha loyihalarni o‘z vaqtida amalga oshirish, strategik islohotlar kun tartibini yangi tashabbuslar bilan, ayniqsa, mamlakatimizda e’lon qilingan Atrof-muhitni muhofaza qilish va «yashil» iqtisodiyot yilidagi vazifalarni hisobga olib yanada boyitish muhimligini ta’kidladi», – deyiladi xabarda.
Suma Chakrabarti 2020 yil yozida O‘zbekiston prezidenti farmoniga ko‘ra «O‘zbekiston Respublikasi hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki o‘rtasidagi strategik sheriklikni yo‘lga qo‘yish va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish borasidagi ulkan xizmatlari» uchun «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlangandi. U 2020 yil kuzida O‘zbekiston prezidenti maslahatchisi etib tayinlangan.
Ma’lumot uchun, Suma Chakrabarti 2012 yil iyulidan 2020 yil iyuligacha Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti bo‘lib ishlagan. YETTBga rahbarlik qilishdan avval u Xalqaro taraqqiyot departamentining doimiy kotibi (2002-2007) bo‘lgan va Birlashgan Qirollikning Adliya vazirligida (2007-2012) ishlagan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Fransiyadagi muzeydan qiymati 7 mln yevrolik zargarlik buyumlari o‘g‘irlab ketildi