12:03 / 27.11.2024
11

Bir guruh fuqarolar xorijdagi xalqaro terrorchilik tashkiloti safiga qo‘shilmoqchi bo‘lgani aniqlandi

Bir guruh fuqarolar xorijdagi xalqaro terrorchilik tashkiloti safiga qo‘shilmoqchi bo‘lgani aniqlandi
Foto: IIV matbuot xizmati
O‘zbekistonda 17 kishi xorijdagi xalqaro terrorchilik tashkiloti safiga qo‘shilishni rejalashtirgani aniqlandi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston IIV-DXX xodimlari tomonidan hamkorlikda olib borilgan tezkor surishtiruvlar davomida, 2007 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan K.I. internet tarmog‘ida ekstremistik g‘oyalar ta’siriga tushishi natijasida 16 nafar yaqin tanishlari bilan noqonuniy “jamoat” bo‘lib yig‘ilib, kelgusida xorijda faoliyat olib borayotgan “Islom davlati” xalqaro terrorchilik tashkilotlari safiga qo‘shilishni rejalashtirgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 244-moddasi (ommaviy tartibsizliklar) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Ushbu moddaga ko‘ra, ommaviy tartibsizliklarga va fuqarolarga nisbatan zo‘ravonlik qilishga omma oldida da’vat qilish BHMning 100 baravaridan 300 baravarigacha (37,5 mln so‘mdan 112,5 mln so‘mgacha) jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha harakatlar bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa BHMning 300 baravaridan 400 baravarigacha (112,5 mln so‘mdan 150 mln so‘mgacha) jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud besh yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Loqaydlik va ishonuvchanlik oqibatida internet tarmog‘i orqali yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolmaslik uchun fuqarolarimizni doimo ogoh bo‘lishiga chaqiramiz. O‘zingizning taqdiringizga befarq bo‘lmang”, deyiladi IIV xabarida.

Shu yilning noyabr oyida Qo‘qonda “Tavhid va jihod katibasi” xalqaro terroristik tashkiloti tarafdorlari bo‘lgan shaxslar 6 yildan 12 yilgacha ozodlikdan mahrum etildi. DXX xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida Qo‘qon shahrida faoliyat olib borgan “Tavhid va jihod katibasi” xalqaro terroristik tashkiloti tarafdorlaridan iborat jamoat fosh etilgan.

Jamoatning 11 nafar a’zosi Qo‘qon shahri hamda O‘zbekiston tumanida yashovchi, 1980—2000 yillar oralig‘ida tug‘ilgan fuqarolar bo‘lib, ular orasida farmatsevtika sohasida faoliyat yurituvchi mas’uliyati cheklangan jamiyatda menejer, gaz quyish shoxobchasida bosh mexanik bo‘lib ishlagan, shuningdek, xususiy tadbirkorlik, oshpazlik, ustachilik, kirakashlik bilan shug‘ullangan shaxslar bor.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bir guruh fuqarolar xorijdagi xalqaro terrorchilik tashkiloti safiga qo‘shilmoqchi bo‘lgani aniqlandi