Prezident 21 noyabr kuni qonun hujjatlariga o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilishni kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartirishlarni imzoladi.
O‘z hududida binolarni, inshootlarni yoki boshqa obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish chog‘ida belgilangan talablarni buzib, kimyoviy, biologik vositalarni qo‘llagan holda daraxtlarni, butalarni yoki boshqa o‘simliklarni qasddan shikastlantirganlik, payhon qilganlik yoki yo‘q qilganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga quyidagi o‘zgartirishlar kiritildi: binolarni, inshootlarni yoki boshqa obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish chog‘ida belgilangan talablarni buzib, kimyoviy, biologik vositalarni qo‘llagan holda daraxtlarni, butalarni yoki boshqa o‘simliklarni qasddan shikastlantirish, payhon qilish yoki yo‘q qilish fuqarolarga BHMning 35 baravaridan 50 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — 60 baravaridan 75 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
O‘zgartirishlar daraxtlar va butalarni yo‘q qilish bilan bog‘liq huquqbuzarliklarni bartaraf etishga, shuningdek, qonun hujjatlari talablariga rioya etilishini ta’minlashga xizmat qilishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”