13:22 / 28.11.2024
12

Qarshida qiz o‘ziga uylanishni istamagan yigitni pichoqlab qo‘ydi

Qarshida qiz o‘ziga uylanishni istamagan yigitni pichoqlab qo‘ydi
Qarshi shahrida 24 yoshli E.M. (qiz) o‘zi bilan 5 yildan buyon tanish va orada o‘zaro ishqiy munosabatlari bo‘lgan F.N. ismli yigitni o‘ziga uylanolmaslini aytgani uchun pichoqlab qo‘ydi.

JIB Qarshi shahar sudida ko‘rilgan mazkur jinoiy ish materiallarida aytilishicha, voqea sodir bo‘lgan kuni yigit qizni ishdan chiqishini poylab turgan va uyiga olib borish niyatida avtomashinasiga mindirgan. Ovloq joyga borib uning roziligi bilan yana ishqiy munosabatda bo‘lgan va qizning mahallasiga kelgach, unga ota-onasi boshqa qiz topgani, shu sabab unga uylanolmasligini aytgan.

Bundan jahli chiqqan qiz yigit bilan janjallashib qolgan va avtomobilning old o‘rindig‘ida turgan oshxona pichog‘i bilan yigitning orqa yelka sohasiga bir necha marta pichoq sanchib, uni jarohatlagan. Yigit mashinadan tushib qochgan va ma’lum masofaga yugurib borib odamlarni yordamga chaqirgan va hushini yo‘qotgan.

Sud-tibbiyot ekspertizasi xulosasida, F.N. ning tanasida jarohatlar – o‘ng o‘mrov usti sohasi, o‘ng yelka tana orqa yuzasi, o‘ng kurak usti, ko‘krak qafasi, bo‘yin orqa yuzasi, 1-2 ko‘krak umurtqalari usti sohalaridagi sanchib kesilgan yaralari va shu sohadagi mushaklar jarohati, tashqi qon ketishi, gemoragik shok og‘ir darajasi, agonal holat ko‘rinishidagi tan jarohatlari aniqlangan va ushbu tan jarohatlari shu sohalarga o‘tkir tig‘li sanchib kesuvchi jismlarning ta’sirida yuzaga kelganligi, mavjud tana jarohatlari og‘irlik darajasi bo‘yicha hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir shikast guruhiga kiritilishi ko‘rsatilgan.

Sud E.M.ni o‘zining yuqoridagi jinoiy harakatlari bilan JKning 104-moddasi 2-qismi «l» bandida nazarda tutilgan jinoyatni qasddan sodir qilgan deb topdi.

Sudlanuvchi sudda aybiga iqrorlik bildirgan. Jabranuvchi F.N. esa aybdorga nisbatan da’vosi yo‘qligini bildirib, unga nisbatan qamoq bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo chorasini qo‘llashni so‘ragan.

Sud yuqoridagilarni inobatga olib, 24 yoshli E.M.ni JKning yuqoridagi moddalari hamda 57-moddasini qo‘llab 4 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosini tayinladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qarshida qiz o‘ziga uylanishni istamagan yigitni pichoqlab qo‘ydi