22:48 / 01.12.2024
30

Andijonda ikki firibgar yigirmadan ortiq ta’lim va tibbiyot xodimlarini chuv tushirdi

Andijonda ikki firibgar yigirmadan ortiq ta’lim va tibbiyot xodimlarini chuv tushirdi
Andijonda 25 nafar ta’lim va tibbiyot xodimlarini chuv tushirgan firibgarlar 7 yilga qamaldi.

«Ovoza» informatsion dasturida aytilishicha, muqaddam sudlangan andijonlik ikki yigit o‘zaro jinoiy til biriktirib, Andijon va Jizzax viloyatlaridagi maktab va tibbiyot muassasalariga borib, ishchi-xodimlarga muddatli to‘lov evaziga idish-tovoq sotish bilan shug‘ullanib kelishgan. Biroq ularning asl niyati boshqa bo‘lib, ular arzimagan pul evaziga idish-tovoq sotish ortidan odamlarni chuv tushirib ularning nomiga onlayn kredit rasmiylashtirib kelishgan.

Xabarda aytilishicha, ularning firibgarliklari ortidan odamlar 5 mln so‘mdan 80 mln so‘mgacha banklardan qarzdor bo‘lib qolishgan.

«Qarzlaring yo‘qmi, deyishdi. Biz yo‘q, dedik. Keyin ular «ma’lumotlaringizni tekshirib ko‘ray, agar banklardan haqiqatda qarzingiz bo‘lmasa, keyin sizga mahsulotimizni muddatli to‘lovga berib ketamiz», deyishdi. Bundan tashqari, ular ba’zi joylarda pul uchun borganimizda odamlar mahsulotimizni olganidan tonyapti, shuning uchun rasmga olamiz, deyishdi. Biz rasmga tushib berdik...

Keyin, aniqrog‘i 5 oydan keyin nomimga kredit olinganini bildim. Hozir shu kredit deb qo‘yilgan qarzdorlik 28 mln so‘mdan oshdi
», – deydi jabrlanuvchilardan biri.

Sudda yetkazilgan zarar «kredit firibgarlari»dan solidar tartibda undirilishi belgilandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonda ikki firibgar yigirmadan ortiq ta’lim va tibbiyot xodimlarini chuv tushirdi