date
views 93

Xonqada kredit qarzi uchun garovdagi uy sotildi

Xonqada kredit qarzi uchun garovdagi uy sotildi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudining javobgarlar U.R., P.Yu. va K.E.lardan undiruvchi ATB Qishloqqurilishbank» Xorazm viloyat xududiy filiali foydasiga 151.626.576 so‘m kredit qarzini undirish, undiruvni garov mulki hisoblangan javobgar U.R.ga tegishli Xonqa tumani, Olaja qishlog‘i, “Shirin” mahallasida joylashgan umumiy yer maydoni 200 kv.metr bo‘lgan 1 qavatli 3 xonali uyga qaratish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Xonqa tumani bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va ijro harakatlariga kirishilgan.

Olib borilgan ijro harakatlari davomida, qarzdorlar tomonidan ijro hujjati talabi bajarilmaganligi sababli, kredit qarzdorlikni undirish maqsadida ijro varaqasida ko‘rsatilgan javobgar U.R.ga tegishli bo‘lgan garov mulki xatlanib, javobgar qarzdorlikni to‘lamagan taqdirda, undiruv ushbu garov mulkiga qaratilishi to‘g‘risida ogohlantirilgan.

Shunga qaramasdan, qarzdorlik ixtiyoriy to‘lanmaganligi sababli, davlat ijrochisining qaroriga asosan ushbu garov mulki elektron onlayn-auksion orqali sotuvga chiqarilib, 168.344.814,54 so‘mga sotilgan va sotuvdan tushgan pul mablag‘i undiruvchi ATB «Qishloqqurilishbank» Xorazm viloyat xududiy filiali foydasiga o‘tkazilib, ijro hujjati bo‘yicha ish yurituvi tamomlandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xonqada kredit qarzi uchun garovdagi uy sotildi