14:18 / 09.12.2024
31

Sovuq kunlari aliment evaziga ota tomonidan farzandiga uy hadya qilindi

Sovuq kunlari aliment evaziga ota tomonidan farzandiga uy hadya qilindi
Bugungi kunda aliment qarzini to‘lamaslikning huquqiy oqibatlarini tushunmasdan qochib yurgan otalardan farqli o‘laroq, farzandining taqdiriga va ta’minotiga befarq bo‘lmagan otalar ham ko‘plab topiladi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning ijro varaqasiga asosan, qarzdor X.A.dan undiruvchi N.O.foydasiga turmushlaridan bir nafar farzandi ta’minoti uchun ish haqi va boshqa daromadlarining 1/4 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan.

Ushbu ijro hujjati Byuroning Zomin tuman bo‘limiga kelib tushgan va shu kunning o‘zida ijro ishi qo‘zg‘atilgan.

Ijro harakatlari natijasida mas’uliyatni his qilgan qilgan X.A. farzandining aliment ta’minoti o‘rniga Zomin tuman hududidagi ko‘p qavatli uylarning biridan xonadon berdi.

Kelgusida N.O. farzandi bilan alohida issiqqina xonadonda yashaydigan bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sovuq kunlari aliment evaziga ota tomonidan farzandiga uy hadya qilindi