Foto: Transport vazirligi
Qishki ta’til munosabati bilan Toshkentdagi ikkita OTM binosida temiryo‘l hamda avtobus uchun chiptalarni sotib olish imkoniyati yaratildi.
Toshkent shahridagi O‘zbekiston milliy universiteti va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti binolarida chipta sotib olish uchun sayyor kassalar tashkil etildi.
Transport vazirligi xabariga ko‘ra, mazkur sayyor kassalarda talabalar temiryo‘l hamda avtobus qatnovlariga chiptalarni sotib olishlari mumkin.
Sayyor kassalar quyidagi manzillarda tashkil etilgan:
- O‘zbekiston milliy universitetining o‘zbek filologiyasi fakulteti binosi 1-qavati. Manzil: Olmazor tumani Talabalar shaharchasi Universitet ko‘chasi 4-uy;
- Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti A-binosida. Manzil: Yunusobod tumani Amir Temur ko‘chasi 60-A-uy. Sobiq Toshkent moliya instituti binosi.
OTM talabalari va texnikum, kasb-hunar maktabi, akademik litseylar o‘quvchilari 25 dekabrdan qishki ta’tilga chiqadi. Darslar 8 yanvardan boshlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
"Mevalar qiroli" mangoning salomatlik uchun qanday foydali xususiyatlari bor?
Konstitutsiyaviy sud: Quruvchi tashkilotlar faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish zarur
Tojikistonning Konibodomida bir oilaning 6 a’zosi o‘ldirib ketildi
Suriyada isyonchilar Bashar Asadning otasi qabrini vayron qildi
Tadqiqot: Kunlik qahva iste’moli umrni uzaytirib, hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi
O‘zbek shou-biznesi vakillari Halima Ibragimovani qanday xotirlamoqda?
Bashar Asadning yaqin qarindoshi osib o‘ldirildi
Isroilda bosh vazir Binyamin Netanyahu ustidan sud jarayoni boshlandi