23:26 / 12.12.2024
10

Aliment qarzi jamg‘arma hisobidan to‘lab berilаdi

Aliment qarzi jamg‘arma hisobidan to‘lab berilаdi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Zarbdor tumanlararo sudining 19.09.2019 yildagi sud qaroriga asosan qarzdor M.E. ikki nafar voyaga yetmagan farzandlarining moddiy ta’minoti uchun hisoblangan jami 59,3 mln. so‘m aliment pullarini to‘lashdan bo‘yin tovlab kelganligi sababli Byuroning Sirdaryo viloyat boshqarmasi tomonidan unga nisbatan 19.04.2024 yilda O‘zbekiston Respublikasi JKning 122-moddasi, 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan surishtiruv harakatlari natijasida, jinoyat ishlari bo‘yicha Sardoba tuman sudining 25.11.2024 yildagi xukmiga binoan qarzdor M.E.ga nisbatan 6 (olti) oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Mazkur jinoyat ishi oqibatida undiruvchi Ch.K.ga yetkazilgan 59,3 mln. so‘m zarar (aliment qarzdorligi) pulini belgilangan tartibda jamg‘arma hisobidan qoplab berish choralari ko‘rilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Aliment qarzi jamg‘arma hisobidan to‘lab berilаdi