“O‘zenergoinspeksiya” navbatlarga sabab bo‘layotgan Ai-80 avtobenzinni sotuvga chiqarmasdan o‘zida saqlab turgan AYOQSHlarga chora ko‘rilganini ma’lum qildi.
Foto: “O‘zenergoinspeksiya”
Ayni kunlarda hududlarda Ai-80 markali avtobenzinga talab oshishi natijasida ko‘plab AYOQSHlarda navbatlar ko‘paygan. Inspeksiya xabarida qayd etilishicha, mazkur holatlar yuzasidan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan neft mahsulotlarini yetkazib berish va ularni sotuvga chiqarilishi yuzasidan AYOQSHlarda nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Xususan, Andijon viloyatidagi “N.P.”, “N. O.”, “L.G.”, “S.O.” va “Sh.A.O.” MCHJlarga qarashli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida birja savdolarida xarid qilingan Ai-80-markali avtobenzin hech qanday sabablarsiz sotuvga chiqarmasdan saqlab turish hamda faoliyat ko‘rsatmayotgan shoxobchalarga yo‘naltirish kabi holatlar aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan ushbu AYOQSHlar birja savdolarida ishtirok etishi vaqtincha to‘xtatildi.
“O‘zenergoinspeksiya” matbuot xizmatining 15 dekabr kuni bildirishicha, Andijon viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan so‘nggi ikki kunda neft bazalardan avtobenzin mahsulotini maxsus tashuvchi transportlar orqali yetkazib berilishi bo‘yicha 50 dan ortiq AYOQSHda nazorat ishlari amalga oshirildi.
Foto: “O‘zenergoinspeksiya”
Foto: “O‘zenergoinspeksiya”
AYOQSHlarda neft mahsulotlarini yetkazib berish va ularni sotuvga chiqarilishi yuzasidan ham nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda. Xususan, Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumanida o‘tkazilgan shunday tadbir davomida “V.H.O.” MCHJga qarashli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasiga ta’minotchi omboridan olib kelingan 3,7 tonna Ai-80 markali avtobenzin AYOQSH orqali sotilmasdan, ulgurji sotib yuborilgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan AYOQSHlar birja savdolarida ishtirok etishi vaqtincha to‘xtatildi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xorijlik mutaxassislar uchun 2024 yildagi eng yaxshi shaharlar reytingi e’lon qilindi
Ertaga Murodjon Ahmadaliyev professional boksdagi navbatdagi jangini o‘tkazadi
Abduqodir Husanovning transfer bahosi Ronalduniki bilan tenglashdi, navbat Messiga(mi?)
Aliment qarzi jamg‘arma hisobidan to‘lab berilаdi
O‘zbekistonning 2024 yildagi eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun yakuniy uchlik e’lon qilindi
Rossiyada migrantlar uchun rus tili va tarix imtihonining yagona narxi belgilandi
Toshkentda o‘g‘il otasini pichoqlab o‘ldirib qo‘ydi
Vengriya bosh vaziri Ukraina va Rossiyaga sulh tuzishni taklif qildi