Foto: Oliy Majlis Qonunchilik palatasi
17 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida yo‘llarda harakatlanish xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilindi.
Qonun loyihasi bilan trotuarlar, piyoda va velosiped yo‘lkalari hamda ularga tutash hududlarda barpo etilgan yashil maydonlarda avtotransport vositalarini yurgizishning (bundan maxsus avtotransport vositalari mustasno) oldini olishga qaratilgan normalar belgilanmoqda.
Aholi tomonidan yo‘l harakati ishtirokchilarining harakatiga to‘sqinlik qiluvchi noqonuniy to‘siqlarni va boshqa qurilmalarni o‘rnatish holatlariga chek qo‘yish uchun javobgarlik choralari nazarda tutilmoqda.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-moddasi nomi va birinchi dispozitsiyasiga o‘zgartirish kiritilib, haydovchilarning transport vositalarida trotuar, velosiped va piyodalar yo‘laklarida, yashil maydonlarda harakatlangani uchun javobgarlik belgilanmoqda.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 147-moddasining nomi va birinchi qismi dispozitsiyasiga o‘zgartirish kiritilib, yo‘llarda noqonuniy to‘siqlar o‘rnatganlik, to‘sib qo‘yganlik, yo‘l harakati ishtirokchilariga to‘sqinlik qiluvchi boshqa qurilmalarni o‘rnatganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp: “Prezident Erdo‘g‘on juda aqlli, Asad esa shafqatsiz qassob”
Suriya isyonchilari yetakchisi murojaat bilan chiqdi
Tramp Zelenskiyni urush tugashiga tayyorlanishga chaqirdi
Namanganda xalqaro ko‘rgazma: qiymati xonadonga teng otlar, 200 kiloli qo‘ylar va osmonga uchirilgan kabutarlar (foto, video)
Rossiya Isroilni Golan tepaliklari borasida ogohlantirdi
Turkiya Suriyaning yangi hukumatini harbiy sohada qo‘llab-quvvatlamoqchi
Turkiya Suriya chegarasida qo‘shin to‘plamoqda
Futbol afsonasi Ronaldo rasmiy bayonotida nimalar dedi?