16:19 / 25.12.2024
14

«Askiya» bozori xitoyliklarga qariyb 226 mlrd so‘mga sotildi

«Askiya» bozori xitoyliklarga qariyb 226 mlrd so‘mga sotildi
Toshkentdagi «Askiya» bozorining mulkiy majmuasi joriy yil 20 dekabrda «E-auksion» platformasida sotuvga qo‘yilgan edi.

15 daqiqa davom etgan auksionda birgina taklifi bilan Xitoyning «Sheng-Ke International» kompaniyasi g‘olib deb topilgan. Kompaniya shahar markazidagi bozorni boshlang‘ich narxdan 5 foiz yuqori bo‘lgan 225,59 mlrd so‘mlik taklif bilan yutib olgan.

Ochiq ma’lumotlarga ko‘ra, «Sheng-Ke International» MCHJ XK shu yilning may oyida tashkil etilgan va ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari bilan shug‘ullanadi. Ustav kapitali 68 mlrd so‘m bo‘lgan kompaniyaning yagona ta’sischisi Qozog‘istondan bo‘lgan xuddi shu nomdagi MCHJ, rahbari esa Chen Maysyuan hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, «Askiya dehqon bozori»ni sotib olgan xaridor obyektni zamonaviy bozorga aylantirishi, jumladan, bozor o‘rnida umumiy maydoni kamida 3 000 kv.metr bo‘lgan «Ekobozor», maydoni kamida 1 200 kv.metr bo‘lgan «Sovutgich omborxona», savdo va xizmat ko‘rsatish majmuasini (avtoturargohi bilan birga) hamda loyiha konsepsiyasiga muvofiq boshqa obyektlarni barpo etishi zarur.

Bozor joylashgan Yakkasaroy tumani hokimligi rasmiysiga ko‘ra, bozorni qayta qurish natijasida 150 mln dollar to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investisiyalar o‘zlashtiriladi. Yangi bozor yonida Jahon standartlariga mos ravishda quriladigan 4 yulduzli mehmonxona ish faoliyatini boshlaydi. Shuningdek, loyiha yirik savdo kompleksini o‘z ichiga olib, unga ham jahon standartlari asosida yulduz olinadi.

Loyiha to‘liq quvvatda ishga tushirilishi natijasida esa 1000 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilishi aytib o‘tildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Askiya» bozori xitoyliklarga qariyb 226 mlrd so‘mga sotildi