date
views 88

Toshkent - Chorvoq mavsumiy avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyildi

Toshkent - Chorvoq mavsumiy avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyildi
28 dekabrdan 5 yanvarga qadar Toshkentdan Boʻstonliq tumanidagi «Chorvoq» erkin turistik zonasiga mavsumiy avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyildi.

Transport vazirligi xabariga koʻra, bu dam olish kunlari munosabati bilan Toshkent viloyatiga keluvchi xorijiy va mahalliy sayyohlarga qoʻshimcha qulayliklar yaratish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Qatnovlar UzAutoTrans Service korxonasi tomonidan Yutong avtobuslarida tashkil etiladi. Transportlar «Mashinasozlar» metro bekatidan soat 9:00 va 16:00 da joʻnaydi, Chorvoqdan (Xumson) esa 12:00 va 18:00 da harakatlanadi. Yoʻlkira narxi - 20 000 soʻm.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent - Chorvoq mavsumiy avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyildi