date
views 135

1 yanvardan “Xavflarni boshqarish” qoʻmitalari tuziladi

1 yanvardan “Xavflarni boshqarish” qoʻmitalari tuziladi
2025 yildan davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari hisobidan hududlarga taqsimlangan mablagʻlar boʻyicha ma'lumotlar tegishli xalq deputatlari Kengashlariga taqdim etiladi.

Bunda xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining hududlarga Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalaridan ajratilayotgan mablagʻlar boʻyicha soʻrovi va nazorati yoʻlga qoʻyiladi.

Har chorakda Hisob palatasi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirlari yakunlari boʻyicha taqdim etilgan axborotlar Hukumatning majlislarida muhokama qilib boriladi.

2025 yil 1 yanvardan moliyaviy va boshqa xavflarning oldini olish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik va idoralar, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yirik tashkilotlarda ularning birinchi rahbarlari boshchiligida kollegial asosda “Xavflarni boshqarish” qoʻmitalari tuziladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat