Foto: Daryo / Rasul Kusherbayev
Ekologiya vazirining maslahatchisi, sobiq deputat Rasul Kusherbayev “Daryo” bilan suhbatda vaqtida 2025 yil 1 apreldan boshlab elektr energiya va gaz tariflarining oshishi masalasiga oʻz fikrini bildirib oʻtdi. Uning soʻzlariga koʻra, mamlakat iqtisodiyotida gibrid siyosat kuchli.
Rasul Kusherbayev Gruziyadagi energetika islohoti haqida gapirar ekan, Oʻzbekiston aholisi nega elektr energiya va gaz narxlarining oshishini qabul qila olmayotgani aytib oʻtdi.
Hozir elektr energiya va gaz tariflarining oshishini odamlar qabul qilishi qiyin boʻlmoqda. Sababi odamlar tariflar ochgani bilan sifat oʻzgarmayotganini koʻrmoqda. Albatta, bunda insonlarning e'tirozlari tabiiy. Masalan, arzon biroq tez-tez oʻchadigan gaz va elektr energiyadan koʻra qimmat, lekin barqaror energiya boʻlsa, unga qarab kelajakda nimadir reja qilsa boʻladi.
Bahor oyida tariflar oshirilganida, odamlar endi sifat yaxshi boʻlar ekan deb koʻp narsa kutdi. Hatto men ham ishondim. Biroq narx oshgani bilan amalda sifatda hech qanday oʻzgarish boʻlganini koʻrmadik. Endi yana narxni oshiramiz deyilganda odamlar natijani koʻrmayapti, deydi u.
Sobiq deputatning qoʻshimcha qilishicha, har yili davlat byudjetining asosiy qismi energetika sohasiga ajratiladi.
Uzoq yillardan beri bizdagi energetika bozori jozibador boʻlmagan. Odamlar investitsiya kiritishni istamagan, chunki tannarx qoplamagan. Shu vaqtga qadar davlat byudjetidan ajratiladigan subsidiya toʻxtamagan. Byudjetning asosiy qismi doim shu sohaga ketib qoladi. Lekin biz energetika narxlarni erkinlashtirish masalasini shu vaqtga qadar choʻzib kelishimiz kerak emasdi. Agar biz bu ishlarni oldinroq boshlaganimizda, hozir sifat ham oʻzgargan, raqobat muhiti shakllangan boʻlishi ham mumkin edi. Hozir odamlarda tabiiy ravishda “oʻzi qaysi sohada yaxshi oʻzgarish bor” degan tabiiy savol paydo boʻlmoqda, dedi Kusherbayev.
Ma'lumot oʻrnida, 2024 yil 18 dekabr kuni boʻlib oʻtgan Senat yalpi majlisida ma'ruza qilgan Oʻzbekiston moliya vaziri Jamshid Qoʻchqorov 2025 yil 1 apreldan gaz va elektr energiya tariflari oshishini ma'lum qildi.
Undan oldiroq Vazirlar Mahkamasining “Yoqilgʻi-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori asosida 2024 yilning 1 may sanasidan boshlab elektr va tabiiy gaz tariflari oʻzgargan edi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyada erkak qarzi sabab qorbobo kiyimida kelib doʻkon egasini otib oʻldirdi
Nima uchun bu mavzuni musulmonlarga taqiqlashdi?
Yahyo Sinvar arab dunyosida “Yil odami” deb topildi
Migrantlarning Rossiyaga kirishida talablar kuchaytirildi
Frantsiyadagi qamoqxonada mahbus besh kishini garovga oldi
Ramazon Temirov keyingi jangini qachon va kimga qarshi oʻtkazadi?
Amerika Qoʻshma Shtatlarida favqulodda holat e'lon qilindi
Abduqodir Husanov muxlislari uchun yoqimli xushxabar...