
Joriy yil 23 dekabr kuni Toshkent shahar Bektemir tumanidagi avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida turanqator navbatlar boʻyicha amaldorlarga murojaat bilan chiqish qilgan Gʻayrat Doʻstovning 15 sutkaga qamalgani haqida xabar qilingan edi.
Ushbu voqea ijtimoiy tarmoq faollari tomonidan keskin muhokamalarga sabab boʻldi. Ayrim huquq faollari, jumladan, inson huquqlari «Ezgulik» jamiyati rahbari Abdurahmon Tashanov Gʻ.Doʻstovning yuridik himoyasi uchun chiqishdi.
A.Tashanovning Toshkent shahar sudidagi manbalariga tayanib, ma'lum qilishicha, Gʻayrat Doʻstov va uning advokatlari tomonidan keltirilgan apellyatsiya shikoyatlariga asosan unga oid ma'muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish joriy yil 3 yanvar kuni koʻrib chiqiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar