14:55 / 05.01.2025
43

Toshkentda harbiylar namoyishkorona piyoda yurishi boʻlib oʻtdi (foto)

Toshkentda harbiylar namoyishkorona piyoda yurishi boʻlib oʻtdi (foto)
Oʻzbekiston Qurolli kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi va Vatan himoyachilari kuniga bagʻishlab 5 yanvar kuni Toshkentning asosiy koʻchalarida Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiya harbiy boʻlinmalarining namoyishkorona piyoda yurishlari boʻlib oʻtdi.

Foto: Mudofaa vazirligi
Harbiy boʻlinmalarining namoyishkorona piyoda yurishlari “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasida soat 10:30 da Faxriy qorovul jamoasi va qoʻl jangi ustalarining koʻrgazmali chiqishlari bilan boshlandi.

Foto: Mudofaa vazirligi

Foto: Mudofaa vazirligi
Harbiy boʻlinmalar “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi (Sagʻbon va Zarqaynar koʻchalari orqali) – Oʻzbekiston davlat tabiat muzeyi – “Chorsu” bozori – Toshkent tsirki (Zarqaynar koʻchasi) – “Xalqlar doʻstligi” san'at saroyi (Oʻzbeksiton shoh koʻchasi va Furqat koʻchasi) – Magic City maydoni (Furqat koʻchasi) yoʻnalishi boʻylab harakatlandi.

Magic City maydonidagi toʻxtash nuqtasida Faxriy qorovul jamoasi va qoʻl jangi ustalarining koʻrgazmali chiqishlari, boʻlinmalarning jangovar chaqirigʻi, harbiy orkestrning difele namoyishlari ijro etildi.

Foto: Mudofaa vazirligi

Foto: Mudofaa vazirligi

Foto: Mudofaa vazirligi

Foto: Mudofaa vazirligi

Foto: Mudofaa vazirligi

Foto: Mudofaa vazirligi

Foto: Mudofaa vazirligi

Foto: Mudofaa vazirligi

Foto: Mudofaa vazirligi

Foto: Mudofaa vazirligi

Foto: Mudofaa vazirligi

Foto: Mudofaa vazirligi
Shu kuni Toshkentning ayrim koʻchalarida soat 11: 00 dan soat 13:00 gacha boʻlgan vaqt oraligʻida avtotransport vositalari harakati vaqtinchalik cheklandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda harbiylar namoyishkorona piyoda yurishi boʻlib oʻtdi (foto)