
Er uchastkalariga ega boʻlish va qurilish ishlarini amalga oshirishning qonuniy mexanizmlari mavjud boʻlishiga qaramasdan fuqarolar tomonidan oʻzboshimchalik bilan er uchastkalarini egallab olib, noqonuniy tarzda bino-imoratlar qurish holatlari kuzatilmoqda.
Bunday hollarda oʻzboshimchalik bilan imorat qurgan shaxs unga mulk huquqini ololmaydi, uni tasarruf etishga – sotishga, hadya etishga, ijaraga berishga, boshqa bitimlar tuzishga haqli emas. Bunday imorat sudning qaroriga binoan uni qurgan shaxs tomonidan buzib tashlanishi lozim.
Majburiy ijro byurosi Jalaquduq tuman boʻlimi ish yurituviga ham aynan shu mazmundagi ijro hujjati kelib tushgan boʻlib, unda Jalaquduq tumani, Jalaquduq shahar xaritasi 6092-konturidagi er maydonining 0,028 gektar qismini tuman zaxirasiga qaytarish va ushbu maydonda joylashgan noqonuniy ravishda qurilgan qurilmalarni buzdirish belgilangan.
Javobgar N.I. byuro xodimlari tomonidan ogohlantirilgan, berilgan ixtiyoriy muddat ichida noqonuniy qurilmalarni buzishi kerak boʻlsa-da, ularni buzmagan. Shu sababli, mas'ul idora vakillari ishtirokida majburiy ijro harakatlari olib borilib, noqonuniy qurilmalar buzdirilishi ta'minlandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar