16:23 / 10.01.2025
17

Oʻzbekistonga import qilinishi taqiqlangan xavfli mahsulotlar

Oʻzbekistonga import qilinishi taqiqlangan xavfli mahsulotlar
Foto: Oʻzfarmnazorat
Hukumatning 916-son qarori bilan Oʻzbekistonga import qilinishi taqiqlangan xavfli mahsulotlar va chiqindilar roʻyxati tasdiqlandi.

Qaror bilan, shuningdek:
  • Oʻzbekistonga olib kirilishi taqiqlangan oʻsimliklarni himoya qilish vositalari va boshqa turgʻun organik ifloslantiruvchi moddalar roʻyxati;
  • Import-eksport qilinishi davlat tomonidan tartibga solinadigan va majburiy ekologik sertifikatlashtirish lozim boʻlgan xavfli mahsulotlar hamda chiqindilar roʻyxati tasdiqlangan.

Oʻzbekiston hududiga belgilangan chiqindilarni qayta ishlash va utilizatsiya qilish uchun olib kiruvchilar quyidagilarga ega boʻlishi shart:
  • chiqindilarni mustaqil ravishda toʻliq utilizatsiya qiladigan, qayta ishlaydigan yoki ulardan takroriy foydalanadigan import qiluvchilar – chiqindilarni utilizatsiya qilish, qayta ishlash yoki takroriy foydalanish jarayonlarining atrof-muhitga ta'sir koʻrsatishi toʻgʻrisidagi bayonot loyihasi boʻyicha davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasiga;
  • chiqindilarni mustaqil ravishda toʻliq utilizatsiya qilishi, qayta ishlash yoki ulardan takroriy foydalanish imkoniyatiga ega boʻlmagan import qiluvchilar – mazkur chiqindilarni topshirish yoki realizatsiya qilish yuzasidan chiqindilarni utilizatsiya qilish va qayta ishlash bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar bilan tuzilgan shartnomaga.

Mazkur qaror rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran 3 oy oʻtgach kuchga kiradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat