
Janubiy Koreyaning Hyundai kompaniyasi va Goldsmith's University universiteti hamkorlikda o‘tkazgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, ayol haydovchilar erkaklarga qaraganda jahldor va qiziqqon bo‘lishadi, deb yozmoqda Kun.uz sayti.
Ijtimoiy so‘rovda Buyuk Britaniyadagi mingga yaqin haydovchilar qatnashgan.
Ma’lum bo‘lishicha, ayollar ovozli signallar, baqir-chaqir va avtomobilni boshqarish chog‘idagi maslahatlarga ancha agressiv javob qaytarishadi (14 foiz) va haydovchi burilish chirog‘ini yoqmasdan boshqa yo‘lakka o‘tishini birmuncha qizishib (13 foiz) qabul qilishadi.
Olingan natijalar esa, erkaklar rulda o‘tirganda sezilarli qiziqqon bo‘lishiga oid fikrlarni rad etadi. Olimlarning taxmin qilishicha, ayol haydovchilar ularga qadimdan meros bo‘lgan himoya instinkti tufayli o‘zlarini shunday tutishadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing