Foto: Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekiston Xalq artisti Jenisbek Piyazov tomonidan yoʻllangan video murojaat e'lon qilindi.
Unda artist Toshkent viloyatidagi yoʻllarning birida mashinasi bilan harakatlanayotganida qisqa vaqtda bitta multiradar mashinasiga ketma-ket jarima yozganini aytgan. Holat yuzasidan viloyat IIB YHXB axborot xizmati munosabat bildirdi.
Foto: Videodan kadr
Munosabatda yozilishicha, Jenisbek Piyazovga tegishli mashina Boʻstonliq tumaniga olib boruvchi yoʻlning 45 va 50 kilometrlaridagi qoʻzgʻalmas ustunga oʻrnatilgan statsionar radarlar orqali va ushbu yoʻlning 24 va 31 kilometrlarida xizmat olib borayotgan 2 ta mobil kompleksli (turli xil avtomobillarga oʻrnatilgan) radarlar orqali tezlikni oshirib harakatlanganligi qayd etilgan.
Shu sababli qonunlarda belgilangan tartibda har bir sodir etilgan huquqbuzarlik uchun alohida jarima qarorlari chiqarilgan.
“Hurmatli fuqorolar, shu sababli avtomobil yoʻllarida tezlik me'yorlariga amal qilishingiz talab etiladi. Zero tezlik me'yorlariga amal qilmaslik insonlar sogʻligʻi va hayotiga ziyon etishiga sabab boʻlishi mumkin”, deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Toshkent viloyatida Mazda avtomashinasi yonib ketdi
Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi voqea tafsilotlari
Toshkent avtobuslarida endi naqd pul olinmaydi. Shu bilan muammolar tugadimi?
Oltin kovlashga chiqqan samarqandlik ikki fuqaro vafot etdi
Savollarni koʻpaytirgan sud: “Doʻstov ishi”da huquqiy baho berilmagan holatlar...
Fargʻonalik 2 yoshli qizaloqning qornidan 135 ta magnit sharcha chiqarib olindi
Chust tumanidagi korxona rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Oʻzingizga tegishli boʻlmagan er uchastkalarini egallab olmang...