19:13 / 12.01.2025
61

Haydovchilarga tavsiya: nima uchun mashinani kurtkada boshqarish xavfli?

Haydovchilarga tavsiya: nima uchun mashinani kurtkada boshqarish xavfli?
Aksariyat haydovchilar hech ikkilanmasdan, qishda mashinani ustki qalin kiyim bilan haydaydi. Ammo aynan qoʻpol va noqulay kurtka yoʻl-transport hodisasi yuz berganda koʻproq jarohat olishga sabab boʻlishi koʻpchilikka ma'lum emas. Bu omil, ayniqsa, bolalar uchun katta xavf tugʻdiradi, deb yozadi Daryo nashri.

Foto: ADAC
Birinchidan, qalin va qoʻpol kurtka haydovchi va yoʻlovchilarning avtomobilda harakatlanishini cheklaydi. Bundan tashqari, mashina haydash paytida xavfsizlik kamarlari tananing kerakli qismida boʻlishiga imkon bermaydi. Buni amalda isbotlash maqsadida Germaniyaning ADAC avtomobil klubi aynan shunday vaziyatni real hayotda tatbiq etib, sinab koʻrdi va krash-testlar (avariya sinovlari) oʻtkazdi.

Natijada toʻsatdan toʻxtash vaqtida sinov mashinasining tezligi atigi 16 km/soat boʻlganiga qaramay, qishki kiyim xavfsizlik kamarining inson tanasini toʻgʻri himoya qilishga imkon bermadi. Bundan tashqari, ADAC ma'lumotlariga koʻra, bu holat jiddiy jarohat olishga, shu jumladan ichki qon ketishiga olib keladi.

Foto: ADAC
Bunday holatning echimi sifatida mutaxassislar quyidagilarni tavsiya qiladi:
  • Agar havo sovuq boʻlsa va mashinani qizdirish katta vaqt olsa, hech boʻlmasa kurtkaning old tugmalarini boʻshatib, keyin ulovga oʻtiring;
  • Mashina haydaganda hech qachon qoʻlqop kiymang, chunki u rulni boshqarish va tezlikni oʻzgartirishda qoʻllar sirgʻanib ketishi mumkin;
  • Katta hajmli qishki poyabzal hamda poshnali tuflilar pedal bilan ishlashni qiyinlashtiradi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat