
Foto: Prokuratura departamenti.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kitob tumani boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbirlar oʻtkazilgan.
Unda tumandagi "Sevaz" MFYda yashovchi M.M. va Shahrisabz shahri "Sinabogʻ" MFYda yashovchi A.U. oʻz uylarining yordamchi xonalarida tashkil etgan yashirin tsexlarida yogʻ ishlab chiqarish bilan shugʻullanib kelayotganliklari aniqlanib, tadbir jarayonida 140 litr iste'molga yaroqsiz yogʻ, 326 kg. chigit, 4 dona juvoz uskunasi va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan tovar moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish ) bilan jinoyatlar ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar