Samarqandda 14 yoshli qiz oʻzini 8-qavatdan pastga tashlab joniga qasd qilgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarga sizdirildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ma'lumot berdi.
Aniqlanishicha, joriy yilning 13 yanvar kuni soat 17:30 atrofida Samarqand viloyati Saxovat MFYda yashagan 29-maktabning 8-sinf oʻquvchisi voyaga etmagan 2010 yilda tugʻilgan M.R. Samarqand shahar Bahor MFYda joylashgan koʻp qavatli turar joy binosining 8-qavat yoʻlak derazasidan oʻzini tashlab joniga qasd qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Holatga aniqlik kiritish maqsadida sudga oid tibbiy ekspertizasi hamda mas'ul idoralarga xizmat tekshiruvi tayinlangan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar