Majburiy ijro Byurosi Navoiy viloyati boshqarmasining Qidiruv shoʻ'basi xodimlari hamda boshqa viloyat boshqarmalari xodimlari bilan hamkorlikda qidiruvdagi qarzdor shaxslar va ularning mol-mulklari turgan joyini aniqlash, ularga qonun ustuvorligini ta'minlash maqsadida mamlakat boʻylab samarali va tezkor qidiruv tadbirlari amalga oshirib kelmoqda.
Misol uchun, Zarafshon shaharda roʻyxatda turuvchi fuqaro A.S. aliment pullarini oʻz vaqtida toʻlamasdan doimiy ravishda yashash manzilini oʻzgartirib kelganligi sababli, davlat ijrochisi tomonidan unga nisbatan qidiruv e'lon qilingan.
Byuroning Chirchiq shahar boʻlimi xodimlari bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor tadbirlar davomida qarzdor joriy yilning 14 yanvar kuni Toshkent viloyati Chirchiq shahar hududidan ushlab kelinib, aliment majburiyatini bajarishdan boʻyin tovlab kelganligi oqibatida uning yigʻilib qolgan 131,9 mln. soʻm aliment qarzdorligi yuzasidan unga toʻplangan hujjatlar nisbatan qonuniy chora koʻrish uchun jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudiga yuborilib, qarzdorga nisbatan 10 sutka ma'muriy qamoq jazosi qoʻllanilgan.
Hamkorlik uchun Byuroning Chirchiq shahar boʻlimi xodimlariga minnatdorchilik bildiramiz.
Hozirda, bu boradagi tezkor-qidiruv tadbirlari davom ettirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar