17:19 / 22.01.2025
185

Gul koʻchatlari sotgan tadbirkorga yarim milliarddan ziyod haqi undirib berildi

Gul koʻchatlari sotgan tadbirkorga yarim milliarddan ziyod haqi undirib berildi
2023 yilning iyul oyida Paxtaobod tuman obodonlashtirish boshqarmasi bilan tuzilgan shartnomaga koʻra, yakka tartibdagi tadbirkor 523 mln 700 ming soʻmlik har xil turdagi mahsulotlar (gul koʻchatlari) etkazib bergan. Biroq, etkazib berilgan mahsulotlarning haqi tadbirkorga berilmagan.

Shunga koʻra, Izboskan tumanlararo iqtisodiy sudining 26.04.2024 yildagi ijro hujjatiga asosan Paxtaobod tuman obodonlashtirish boshqarmasidan YaTT R.S.A foydasiga jami 523 mln 700 ming soʻm undirilishi belgilangan.

Mazkur ijro hujjatiga asosan Majburiy ijro byurosi Paxtaobod tuman boʻlimi tomonidan ijro harakatlari olib borilib, qarzdor muassasadan tadbirkorga 523 mln 700 ming soʻm undirib berilishi ta'minlandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat