13:22 / 23.01.2025
85

Toshkentda kuchli dorilar savdosi bilan shugʻullanuvchi guruh fosh etildi

Toshkentda kuchli dorilar savdosi bilan shugʻullanuvchi guruh fosh etildi
Foto: IIV
Joriy yil 15-16 yanvar kunlari IIV Tezkor-qidiruv departamenti, DXX va Toshkent shahar IIBB tezkor xodimlari tomonidan Toshkent shahrining Sergeli va Yashnobod tumanlarida tezkor tadbirlar oʻtkazildi.

1993 yilda va 1999 yilda tugʻilgan ikki nafar shaxs Sergeli tumani, Xonobod koʻchasida toʻxtatilib tekshirilganda, ularning yonida 286 dona kuchli ta'sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlangan.

Ushlangan shaxslar mazkur dori vositalarini Telegram ijtimoiy tarmogʻidagi narkodoʻkondan olganligi ma'lum boʻlgan va 16 yanvar kuni Yashnobod tumanida 1998 va 1999 yilda tugʻilgan shaxslar ushlanib, yashash manzili koʻzdan kechirilib, 857 dona kuchli ta'sir qiluvchi dori vositalari olindi.

Shuningdek, tadbir davomida ushlangan shaxslar kuchli ta'sir qiluvchi dori vositalarni 1996 yilda tugʻilgan, Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi bilan sudlangan shaxsga ham sotganligi ma'lum boʻldi.

U Olmos mahallasida toʻxtatilib tekshirilganda, yonida 500 dona dori vositalari borligi aniqlandi.

Oʻtkazilgan tezkor tadbirlar davomida chakana narxi 131,4 mln soʻmga teng boʻlgan jami 1 643 dona kuchli ta'sir qiluvchi dori vositalari olinib, tezkor tadbirlar davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat