20:28 / 23.01.2025
258

Oqqoʻrgʻonlik erkak xotinini oʻlasi qilib kaltakladi

Oqqoʻrgʻonlik erkak xotinini oʻlasi qilib kaltakladi
24 yoshli ayolning eri tomonidan oʻlasi qilib kaltaklanib, Chinozdagi kasalxonada yotgani aytilgan xabarlar yuzasidan Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

Ta'kidlanishicha, 16 yanvarda Oqqoʻrgʻon tumanida 1988 yilda tugʻilgan fuqaro K.G. va uning 2001 yilda tugʻilgan turmush oʻrtogʻi Sh.U. oʻrtasida oilaviy kelishmovchilik kelib chiqqan. Janjal vaqtida fuqaro ayolni urib, unga tan jarohati etkazgan. Jabrlanuvchi Chinoz tumani tibbiyot boʻlimiga murojaat qilgan. Ayolning eri protsessual tartibda ushlanib, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 126(1)-moddasi (oilaviy maishiy zoʻravonlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Foto: Videodan kadr
IIBB tergov harakatlari davom etayotgani, jabrlanuvchining tan jarohatlari boʻyicha sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlanganini ma'lum qildi. “Holat Toshkent viloyati IIBB tomonidan qat'iy nazoratga olingan. Tergov yakunlari boʻyicha qoʻshimcha ma'lumot beriladi”, – deyiladi rasmiy munosabatda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat