Prezident tomonidan «Raqamli texnologiyalar vositasida sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish sohasi uchun professional kadrlar tayyorlash tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qaror imzolandi.
Kelgusi oʻquv yilidan IIV Akademiyasida «Raqamli texnologiyalar sohasida jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyati» yoʻnalishi boʻyicha bakalavriatga qabul boshlanadi. Oʻqish muddati toʻrt yilni tashkil etadi.
Matematika, informatika, dasturlash va axborot texnologiyalaridan xalqaro, mintaqaviy va respublika olimpiada sovrindorlari dastlabki tanlovdan oʻtgandan soʻng yakuniy yakka tartibdagi suhbatsiz oʻqishga qabul qilinadi.
Oʻz navbatida, Huquqni muhofaza qilish akademiyasida «Kiberxavfsizlikni huquqiy ta'minlash» magistratura mutaxassisligiga qabul boshlanadi. Oʻqish muddati bir yilni tashkil etadi. Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan belgilanadigan xalqaro nufuzli IT-sertifikatlarga ega boʻlgan nomzodlar «Informatika va axborot texnologiyalari» fanidan imtihonlardan ozod etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar