Foto: Videodan kadr
Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida 19 yoshli ikki yigit YTH sabab vafot etdi. Bu haqda MY5 telekanalining “Hudud” informatsion dasturida xabar berildi.
Qayd etilishicha, hodisa 30 yanvar kuni soat 17:00 lar atrofida shaharning Nasaf koʻchasida sodir boʻlgan. Nexia-3 rulida 19 yoshli yigit boʻlgan. U ikki nafar doʻsti bilan birga avtomobilni boshqarib kelayotgan vaqtida drift qilishga uringan, biroq tezlikni toʻgʻri baholay olmay boshqaruvni yoʻqotib, yoʻl chetidagi daraxtga urilgan.
Zarba kuchli boʻlganidan avtomashina salonida boʻlgan ikki nafar 19 yoshli yigit voqea joyida vafot etgan.
Holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Oʻzbekistonda 2024 yilda 9364 ta yoʻl-transport hodisalari sodir boʻlgan. Buning oqibatida 2203 kishi vafot etgan, 8901 nafari tan jarohati olgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar