![Prezident davlat xavfsizlik xizmati sobiq amaldori 23 yilga qamaldi](/uploads/posts/2025-02/80d8d94605_rasulov.webp)
Prezident davlat xavfsizlik xizmati oʻz xavfsizligi boshqarmasi sobiq boshligʻi Shuhrat Rasulov 23 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
U Komil Allamjonovga suiqasdning asosiy buyurtmachisi sifatida qoʻlga olingandi.
Oliy sud matbuot xizmati xabariga koʻra, suiqasd ijrochilari sifatida Shohrux Ahmedov va Ismoil Jahongirov ham 23 yil muddatga qamalgan.
![](/uploads/posts/2025-02/9336a2e5fc_wq1u-q1gfogeepturcs1i9l0adacqlwv.webp)
Shohrux Ahmedov va Ismoil Jahongirov
Ular oʻz videomurojaatida Komil Allamjonovga suiqasd ishi boʻyicha ijrochi ekanini tan olgandi.
Buyurtmachi va ijrochilar oʻrtasida vositachilik qilgan Javlon Yunusovga 18 yil berilgan.
Toshkent shahar IIBB boshligʻining sobiq birinchi oʻrinbosari Doniyor Toshxoʻjayevga 7 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. U jinoyatni yashirishga urinish va tergov jarayoniga xalaqit qilishda gumonlangandi.
Yana 5 nafar sudlanuvchiga qilmishiga muvofiq ravishda turli muddatlarga ozodlikdan mahrum qilish jazolari tayinlangan.
Shov-shuvli suiqasd
26 oktyabr kuni soat 01:40 atrofida Komil Allamjonov haydovchisi bilan birga Range Rover rusumli avtomobilida uyiga ketayotganda Qibray tumanidagi Ifor koʻchasida ikki noma'lum shaxs ulovni oʻqqa tutadi. Suiqasd natijasida hech kim jabrlanmaydi.
Bosh prokuratura ertasi kuniyoq bu borada rasmiy ma'lumot berib, ikki gumondor qoʻlga olinganini xabar qilgandi. Shundan keyin ish boʻyicha hech qanday tafsilotlar ma'lum qilinmayotgandi.
Komil Allamjonov Oʻzbekiston prezidenti matbuot kotibi, prezidenti ma'muriyatida axborot siyosatiga mas'ul shaxs sifatida ishlagan. Shavkat Mirziyoyev ma'muriyatida yuqori martabali mulozimlardan biri edi. Suiqasddan oldinroq Allamjonov ishdan ketgan va xususiy sektorda faoliyatini davom ettirishini aytgandi.
Unga uyushtirilgan suiqasd zamonaviy Oʻzbekiston siyosatida kuzatilmagan holat boʻlib, hozirgacha biror amaldagi yoki sobiq mulozimni oʻldirishga urinish haqida rasmiy xabar berilmagan.
27 oktyabr kuni birinchi gumonlanuvchi ushlangani ma'lum qilindi. Bosh prokuratura 25 noyabr kungi bayonotida qoʻlga olinganlar soni 7 kishi ekanini ma'lum qildi, ulardan faqat bir nafarining shaxsini ochiqladi: bu – Janubiy Koreyadan ekstraditsiya qilingan Javlon Yunusov. Bayonotda yana bir gumondor Qozogʻistonda qoʻlga olingani ma'lum qilingan.
Noyabr oyida Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi tizimida bir qator yuqori lavozimli amaldorlar, xususan DXX rahbari Abdusalom Azizov hamda Toshkent shahri IIBB boshligʻi birinchi oʻrinbosari Doniyor Toshxoʻjayev ishdan olindi. Manbalarga koʻra, bu iste'folar Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd ishi doirasida oʻtkazilayotgan tekshiruvlar bilan bogʻliq boʻlgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar