
15 fevral kuni erta tongda Toshkent shahridagi Milliy bogʻ hududida xitoyliklar oʻziga xos «parad» uyushtirishdi. Kun.uz ixtiyoriga kelib tushgan videolarda oʻnlab kishilar Xitoy tilida yozilgan turli xil bayroq va shiorlar bilan ovozini koʻtarib yugurayotganini koʻrish mumkin.
Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, ushbu ommaviy tadbirdan hokimlikning xabari yoʻq.
«Xitoyliklar «Biz kuchlimiz» deyapti. Xitoy studentlari har yili qanaqadir bahor va yoz shiorlarini aytib yurish qilarkan, bu ham shu tadbir boʻlsa kerak» deyiladi hokimlik matbuot xizmati.
Kun.uz muxbiri tafsilotlarni oʻrganish uchun Milliy bogʻda boʻldi. Milliy bogʻ hududida kun-u tun kirgan va chiqqanlarni tekshirib oʻtiradigan Milliy gvardiya xodimlari ham ushbu ommaviy tadbirdan bexabar ekanini ma'lum qilgan.
«Smena topshirish vaqti boʻlgani uchun biz bilmaymiz», — deya hududdagi Milliy gvardiya xodimlari izoh bergan.
Ma'lum boʻlishicha, ayni vaqtda Chilonzor tuman IIB boshligʻi oʻrinbosari hududga kelib, hodisa tafsilotlarini oʻrganishga kirishgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar