
“Aholini tadbirkorlikka jalb qilish va bandligini ta'minlash uchun moliyaviy yordamlar ajratish tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.
“Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun quyidagi yangi turdagi moliyaviy yordamlar joriy etiladi:
- ozodlikdan mahrum etish jazosini oʻtab boʻlgan fuqarolarga ular tomonidan tadbirkorlik, me'morchilik, hunarmandchilik kabi yoʻnalishlardagi aniq loyihalar amalga oshirilishi uchun mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 10 baravarigacha miqdordagi subsidiyalar;
- oʻzini oʻzi band qilmoqchi boʻlgan ishsiz fuqarolarni yoki kambagʻal oilalar a'zolarini kasanachi sifatida ishga olgan tadbirkorlarga ularning aylanma mablagʻlarini toʻldirish uchun har bir jalb qilingan kasanachi uchun BHMning 10 baravarigacha miqdordagi 3 yilgacha muddatga foizsiz ssudalar;
- kambagʻal oila a'zolariga oʻz faoliyatini boshlashi uchun zarur boʻlgan asbob-uskunalarni xarid qilishga BHMning 50 baravarigacha miqdordagi 6 oydan 3 yilgacha muddatga foizsiz ssudalar;
- kambagʻal oilalarga dehqonchilik va bogʻdorchilik tashkil qilish uchun dehqon xoʻjaliklariga suv quduqlarini burgʻilash, nasos agregatlarini sotib olish, tomchilatib sugʻorish tizimini oʻrnatish va elektr tarmoqlarini tortish uchun 6 oylik imtiyozli davr bilan BHMning 200 baravarigacha miqdordagi 5 yilgacha muddatga foizsiz ssudalar;
- mahallalarning ixtisoslashuvi va drayver yoʻnalishlaridan kelib chiqib, oʻz tajribasini 10 tagacha kambagʻal oilalarga oʻrgatgan va ularga doimiy daromad manbaiga ega boʻlishiga koʻmaklashgan tadbirkorlarga har bir kambagʻal oila uchun BHMning 3 baravari, biroq BHMning 30 baravarigacha miqdordagi grantlar.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar