13:22 / 07.11.2016
10 421

Lola Karimova Abdulla Oripov yaqinlariga ta’ziya izhor etdi

Lola Karimova Abdulla Oripov yaqinlariga ta’ziya izhor etdi

O‘zbekiston qahramoni buyuk alloma, 5 noyabr kuni olamdan ko‘z yumdi. Bu adabiyotimizdagi og‘ir judolik qalam ahli, umuman barcha yurtdoshlarimizni qayg‘uga soldi, deyiladi "Diydoraziz" nashrida.
O‘zbekning buyuk adibi haqida Lola Karimova ham o‘z fikrlarini va ta’ziyasini izhor etdi:

«O‘zbekiston adabiyoti og‘ir judolikka uchradi. Kuni kecha xalqimiz o‘zining yana bir ulug‘ farzandidan ajradi.. Abdulla Oripov bizning g‘ururimiz, faxrimiz edilar. Bu insonning she’rlari bilan katta bo‘ldik, ulg‘aydik, tarbiya oldik. Yoshligimizdan bizni ezgulik tomon o‘z she’rlari bilan etaklab borgan sevimli shoirimiz edilar. Shoirning “Xayr endi”, “Yolg‘izlik”, “Savob”, “Qassam darra”, “Onajonim”, “Dunyoni qizg‘anma”, “Sen Pushkinning sevgan malagi…”, “Bahor” kabi she’rlari, “Jannatga yo‘l” kabi poemalari xalqimiz qalbini abadul abad zabt etdi.
Abdulla Oripov jisman o‘limga taslim bo‘ldi, lekin uning she’rlari o‘lmasdir, ular hech qachon, yuz yillar o‘tar, ming yillar o‘tar, o‘limga taslim bo‘lmagaylar, demak Abdulla Oripov bizning qalbimizda, kelajak avlodimiz qalbida mangu yashaydi. U zamonamizning Navoiysi, Abdulla Qodiriysi edi. Abdulla akaning oilalariga chuqur ta’ziyamizni bildiramiz. Joylari jannatdan bo‘lsin. Oxiratlarini mehribon Parvardigor obod qilsin.

O‘zbek osmonida so‘ndi cho‘ng yulduz,
Katta-yu kichikning ko‘zini yoshlab.
Foniy bu dunyoning baland-pastiga,
Teran nazar tashlab o‘tdi bu Inson.
Millat qadri deya yashab aslida,
Xalqining dardiga bo‘loldi darmon.
Bugun judolik bor gar qalbimizda,
Lekin g‘urur yashar havas qilgulik.
Abadiyat o‘sdi ko‘z oldimizda,
Shundoq yonimizdan o‘tdi Mangulik. »
(Abdulla Oripov, Sentyabr 2016 yil)

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Lola Karimova Abdulla Oripov yaqinlariga ta’ziya izhor etdi