13:13 / 20.02.2025
386

Senat diniy sohadagi davlat siyosati kontseptsiyasini ma'qulladi

Senat diniy sohadagi davlat siyosati kontseptsiyasini ma'qulladi
Foto: Oliy Majlis Senati
20 fevral kuni Senatning toʻrtinchi yalpi majlisida «Oʻzbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini ta'minlash va diniy sohadagi davlat siyosati kontseptsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi qonun koʻrib chiqildi. Senatorlar bir ovozdan ushbu qonunni ma'qulladi.

Ma'lum qilinishicha, ushbu hujjat bilan belgilanayotgan asosiy vazifalarning bajarilishi ustidan parlament nazoratini amalga oshirish maqsadida parlament komissiyasi tashkil etilishi nazarda tutilmoqda.

Ma'lumot uchun, joriy yil 31 yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan ishlab chiqilgan «Fuqarolarning vijdon erkinligini ta'minlash va diniy sohadagi davlat siyosati kontseptsiyasi» birinchi oʻqishda kontseptual jihatdan ma'qullanib, 9 fevralga qadar jamoatchilik muhokamasiga qoʻyilgan edi.

Kontseptsiya loyihasi boʻyicha muhokamalarda aholidan 400 tadan ortiq izohlar, taklif va tavsiyalar kelib tushgan, ularning 200 dan ortigʻi ijobiy ekani aytilgan.

11 fevral kuni boʻlib oʻtgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisida mazkur qonun loyihasi hamda Kontseptsiya loyihasi ikkinchi va uchinchi oʻqishlarda qabul qilingan edi.

Hujjat prezident tomonidan imzolangach kuchga kiradi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat