
Oʻzbekiston boʻyicha ob-havo keskin oʻzgarishi kutilmoqda, deya xabar berdi «Oʻzgidromet» agentligi.
24–27 fevral kunlari respublika hududiga nam va sovuq havo massalari kirib keladi. Hududlarda vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik kuzatiladi, ayrim joylarda kuchli boʻladi.
Yomgʻir yogʻib, 25–27 fevral kunlarida qorga aylanadi. Shimolda vaqti-vaqti bilan qor yogʻadi. Ba'zi joylarda shamol tezligi 15–20 metr/soniyagacha, ba'zida 23–25 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin.
26–27 fevral kunlariga borib havo harorati kechalari 0…–5 darajagacha, shimolda –6…–9 darajagacha, kunduz kunlari 0…+5 darajagacha pasayadi.
Bundan oldinroq dam olish kunlari Oʻzbekiston hududining katta qismida juda iliq ob-havo saqlanib turishi, shanba va yakshanba kunlari aksariyat hududlarda harorat kechalari +3…+8 daraja, kunduz kunlari +15…+20 daraja, ba'zi joylarda +22 darajagacha boʻlishi kutilayotgani xabar qilingandi.
ObHavo O'zbekistonYomg'ir Yog'ishiQor Yog'adiHarorat PasayadiSovuq HavoShamol Kuchayishi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing