22:12 / 21.02.2025
165

Qidiruvdagi shaxsning qarzi 55 mln. soʻmdan oshib ketgan

Qidiruvdagi shaxsning qarzi 55 mln. soʻmdan oshib ketgan
Aliment ortida farzandlar manfaatlari bor ekan, har qanday sharoitda ham qidiruv harakatlari olib boriladi va qonuniy chora koʻrilishi ta'minlanadi.

Majburiy ijro byurosining Okdaryo tuman boʻlimi ish yurituvida boʻlgan fuqarolik ishlari boʻyicha Payariq tumanlararo sudining qaroriga asosan qarzdor U.B.dan undiruvchi I.S. foydasiga bir nafar farzandining moddiy ta'minoti uchun aliment undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjati kelib tushgan.

Ma'lum boʻlishicha, qarzdor ota anchadan buyon alimentdan qarzini toʻlamaganligi ortidan qarzi 55 mln. soʻmdan oshib ketgan, buning ustiga u noma'lum hududda yashirinib kelgan. Shu bois, boshqarmaning qidiruv boʻlimi tomonidan unga nisbatan qidiruv harakatlari olib borgan.

Tezkor-qidiruv tadbirlari davomida, Boshqarmaning qidiruv shoʻ'basi hamda IIB. JXX. JTSB. PPXB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda qidiruvdagi shaxs ushlanib, keyingi ijro xarakatlarini amalga oshirish uchun davlat ijrochisiga topshirilgan.

Ushbu qidiruvdagi shaxs oʻz farzandlari ta'minotidan qochganligi sababli, unga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksining 47-(4)-moddasi bilan 15 sutka ma'muriy qamoq jazosi qoʻllanilgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat