18:31 / 24.02.2025
33

Jinoyat protsessi ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish ta'minlash tartibi tasdiqlandi

Jinoyat protsessi ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish ta'minlash tartibi tasdiqlandi
Hukumat qarori bilan “Jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilishni ta'minlash tartibi” toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Nizom jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessi boshqa ishtirokchilarining ijtimoiy himoyasini ta'minlashga qaratilgan biryoʻla beriladigan nafaqani tayinlash va toʻlash tartibini belgilaydi.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi ijtimoiy himoya qilish choralarini ta'minlovchi organ etib belgilandi.

Quyidagilar himoya qilinuvchi shaxsga jinoyat protsessida ishtirok etishi munosabati bilan ijtimoiy himoya qilish choralarini qoʻllashga asos boʻladi:

➖halok boʻlganligi (vafot etganligi);
➖unga nogironlikni keltirib chiqaruvchi tan jarohati etkazilganligi yoki sogʻligʻiga boshqacha ziyon etkazilganligi;
➖unga nogironlikni keltirib chiqarmaydigan tan jarohati etkazilganligi yoki sogʻligʻiga boshqacha ziyon etkazilganligi;
➖mulkiy zarar etkazilganligi.

Biryoʻla beriladigan nafaqaning miqdori quyidagi miqdorlarda toʻlanadi:

▪️ shaxs vafot etganda uning oila a'zolari har biriga teng ulushda - BHMning 100 baravari miqdorida;
▪️ shaxsga nogironlikni keltirib chiqaruvchi tan jarohati etkazilgan yoki sogʻligʻiga boshqacha ziyon etkazilganda, nogironlik guruhiga koʻra:
  • I guruh - BHMning 80 baravari miqdorida;
  • II guruh - BHMning 70 baravari miqdorida;
  • III guruh - BHMning 50 baravari miqdorida.

▪️ nogironlikni keltirib chiqarmaydigan tan jarohati etkazilganda yoki sogʻligʻiga boshqacha ziyon etkazilganda esa, sud-tibbiy ekspertizasining xulosasi asosida:
  • ogʻir daraja - BHMning 35 baravari miqdorida;
  • oʻrta daraja - BHMning 35 baravari miqdorida;
  • sogʻliqning qisqa muddatga yomonlashuviga olib kelgan yengil daraja - BHMning 25 baravari miqdorida.

Ijtimoiy himoya choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi qaror (ajrim) uni ta'minlovchi organ tomonidan uni olgan kundan boshlab, 10 sutka ichida ijro etilishi lozim.

Biryoʻla beriladigan nafaqa soliqqa tortilmaydi va undan ushlab qolishlar amalga oshirilmaydi.

Ushbu qaror 2025 yil 1 apreldan e'tiboran kuchga kiradi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat