O‘zbekistonda Turkmaniston madaniyat kunlari ochiladi


Toshkent va Buxoroda Turkmaniston madaniyat kunlari bo‘lib o‘tadi. Madaniyat va sport ishlari vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ular O‘zbekiston hukumatining 4 noyabrdagi topshirig‘iga binoan o‘tkaziladi.
7 noyabr kuni Turkmaniston madaniyat vaziri o‘rinbosari Atageldi Shamuradov boshchiligidagi Turkmaniston delegasiyasi Buxoroning diqqatga sazovor maskanlarini tomosha qildi, 8 noyabrda esa O‘zbekiston Madaniyat va sport vazirligida uchrashuv o‘tkazdi.
Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatrida Turkmaniston madaniyat kunlarining ochilish tantanasi o‘tkaziladi.
9 noyabrda poytaxtda amaliy san’at va muzey ko‘rgazmasi, yozuvchi va shoirlari uchrashuvi, konsert va turkman filmlari namoyishi bo‘lib o‘tadi. 10 noyabrda esa Buxoroda turkman kinofilmlari namoyishi o‘tkaziladi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…