18:11 / 26.02.2025
289

Jizzaxda futbol maydonchasining tomi qulab tushdi

Jizzaxda futbol maydonchasining tomi qulab tushdi
Jizzax viloyati Baxmal tumani «Mustaqillik» mahallasidagi 48-maktab hududida qurilgan sun'iy qoplamali stadionning tom qismi qulab tushdi.

Jizzax viloyati hokimligi «Yagona buyurtmachi xizmati» IK DUKning bergan ma'lumotiga koʻra, mazkur ob'ekt ushbu unitar korxona buyurtmachiligida hamda «Suvinshoot qurilish loyiha» MChJ pudratchiligida qurilgan boʻlib, loyiha shartnoma qiymati 1 milliard 190 million soʻmni tashkil etadi.

Unitar korxona olib borgan dastlabki oʻrganish natijalariga koʻra, stadion tom qismining qulab tushishiga shamol va qalin qor yogʻishi sabab boʻlgan. Buning natijasida sport maydonchasining tom qismi zarar koʻrgan, ya'ni qulab tushgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va jabrlanganlar yoʻq. Holat yuzasidan buyurtmachi va pudratchi tashkilotlar tomonidan oʻrganish ishlari boshlangan.

Pudrat tashkiloti tomonidan loyihaga muvofiq tiklash ishlari amalga oshirilishi va stadion tez kunlarda qayta tiklanib, foydalanishga topshirilishi aytildi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat