
Majburiy mijro byurosining So‘x tuman bo‘lim ish yurituviga sudining qaroriga asosan «X.X.»xususiy firmasi rahbaridan «Agro bank» ATB Farg‘ona viloyati So‘x tumani filiali foydasiga 765 mln so‘m kredit qarzini undirish, undiruvni qarzdorga tegishli mulklarga qaratish to‘g‘risidagi ijro hujjati kelib tushgan va ijro ishi qo‘zg‘atilgan.
Qarzdorga berilgan ixtiyoriy muddatda qarzdorlik bartaraf etilmaganligi sababli, ijro harakatlari davomida jamiyatga tegishli 1 ta traktor va 1 ta avtotransport vositasi xatlanib, jarima maydonchasiga joylashtirildi.
Kelgusida mazkur mulklar elektron-onlayn auksion savdolarida sotilib, sotuvdan tushgan pullardan mavjud qarzdorliklar qoplanadi.
Qarzdor olgan kreditini muntazam to‘lab borganida, qishloq xo‘jaligi texnikasiga talab ortib borayotgan bir paytda texnikasidan ayrilmagan va piyoda qolmagan bo‘lar edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar