18:50 / 28.02.2025
306

Ramazon oyi uchun zakot nisobi, fitr va fidya miqdori qancha qilib belgilandi?

Ramazon oyi uchun zakot nisobi, fitr va fidya miqdori qancha qilib belgilandi?
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi 2025 yil Ramazon oyi uchun zakot nisobi, fitr sadaqasi va fidya miqdorini e’lon qildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi bu yilgi Ramazon oyi uchun zakot nisobini ≈85 gramm 585 probali tillaning qiymatidan kelib chiqib 61 million 200 ming so‘m, deb belgiladi.

“Shunga ko‘ra, kimda zaruriy ehtiyojidan tashqari kamida 61 million 200 ming so‘m qiymatidagi pul mablag‘i yoki ushbu qiymatdagi savdo-tijorat moli bo‘lsa, jami mablag‘ining qirqdan biri (2,5%)ni zakot niyatida haqdorlarga beradi”, deyiladi diniy idora xabarida.

Shuningdek, Fitr sadaqasining miqdori quyidagicha belgilandi:
  • ≈2 kg bug‘doy unidan – 10 000 (o‘n ming) so‘m;
  • ≈4 kg arpadan – 16 000 (o‘n olti ming) so‘m;
  • ≈2 kg mayizdan – 110 000 (bir yuz o‘n ming) so‘m;
  • ≈4 kg xurmodan – 180 000 (bir yuz sakson ming) so‘m deb belgilandi.

Har kim o‘z imkoniyatiga qarab ushbu to‘rt mahsulotdan xohlagan biri yoki uning qiymatini fitr sadaqasi niyatida bersa kifoya qiladi.

Bir kunlik fidya miqdori fitr sadaqaning miqdori bilan bir xil bo‘ladi.

Shunday ekan, har kim o‘z imkoniyatiga qarab ushbu to‘rt mahsulotdan xohlagan biri yoki uning qiymatini fidya niyatida bersa kifoya qiladi, deya qayd etgan Fatvo markazi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat