
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi “Xalqabad paxta tozalash” AJning manfaatlarini ko‘zlab Qorao‘zak tuman hokimligidan qarz undirish haqida sudga da’vo ariza kiritgan.
Chimboy tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan ushbu da’vo ariza qanoatlantirilib, qarzdor Qorao‘zak tuman hokimligidan “Xalqabad paxta tozalash” AJ foydasiga 903,1 mln. so‘m qarz undirish haqida qaror qabul qilingan.
Ushbu qarorga asosan chiqarilgan ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Qorao‘zak tuman bo‘limiga kelib tushib, bo‘lim xodimlari tomonidan ijro harakatlariga kirishilgan.
Jumladan, qarzdor Qorao‘zak tuman hokimligi bosh hisobchisiga sud qarori ijrosi qonun hujjatlarida belgilangan muddat ichida ta’minlanishi lozimligi, uning ijrosini ta’minlamaslik oqibatlari tushuntirilgan.
Shuning natijasida, joriy yilning 7 fevral kuni 903,1 mln. so‘mdan ortiq qarzdorlik to‘liq undirilib, ushbu pul mablag‘lari “Xalqabad paxta tozalash” AJning hisob raqamiga o‘tkazib berilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar